Bloger Olimjon Haydarov ishi yuzasidan tergov yakunlanib, ish sudga oshirildi

13-oktabr kuni Farg’ona viloyat huquq-tartibot idoralari Olimjon Xaydarov’ga nisbatan tergovni yakunlab, ish hujjatlarini Jinoyat ishlari bo’yicha Farg’ona tuman sudiga oshirgan edi.

Eshitishimcha, taniqli bloger va jamoatchilik faoli ustidan sud ishi 31-oktabr kuni soat 11:00’da shu tuman sudida boshlanadi.

Haydarovning yaqinlariga ish ochiq tarzda ko’rilishi aytilgan.

Ma’lumot uchun, tergov organi Olimjon Haydarovga nisbatan Jinoyat kodeksining 139-moddasi 2-qismi (ommaviy axborot vositalarida, telekommunikasiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmog‘ida joylashtirish orqali tuhmat qilish), 139-moddasi 3-qismi “a” bandi (og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etishda ayblab tuhmat qilish), 140-moddasi 3-qismi “a” bandi (jabrlanuvchini o‘z xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan bog‘liq holda haqorat qilish), 165-moddasi 2-qismi “a” “b” bandlari (takroran yoki xavfli residivist tomonidan, ko‘p miqdorda tovlamachilik qilish) bilan ayb e’lon qilgan.

©️ Ilyos Safarov

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *