Prezident Mirziyoyev IHTning Toshkentdagi sammitida Isroilning “Falastin-Isroil urushi”dagi harakatlarini qoraladi.

10.11.2023 Toshkentda bo‘lib o‘tgan Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammitida O‘zbekiston Prezidenti Mirziyoev Yaqin Sharqdagi vaziyatga to‘xtalib, «Falastin-Isroil urushi» deb nomladi. Ya’ni O‘zbekiston Prezidenti bu urushni «Xamas-Isroil urushi» demadi, aksincha, Isroilning urushi Falastinga qarshi qaratilanligini bildirdi.

Bu urushda bolalar, ayollar, qariyalar – juda katta sondagi begunoh insonlarning qurbon bo‘layotganligini bildirib, ma’no jihatidan «genosid bo‘lyapti» degan fikrga yaqinlashdi.

BMT rezolyusiyalarini eslab «Falastin davlati tuzilishi borasida pozisiyamiz qat’iy» dedi. Bu pozisiya – O‘zbekiston xalqining pozisiyasidir va Prezident xalqning pozisiyasini bildirdi.

©️ Kamoliddin Rabbimov

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *