Prezidentni haqorat qilgan o‘smir 2,5 yilga qamaldi

Shu yilning 26 oktyabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani sudining hukmi bilan 2004 yilda tug‘ilgan fuqaro I. D. O‘zbekiston Respublikasi JKning 158-moddasi 3-qismi (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini omma oldida haqorat qilish yoki unga tuhmat qilish, matbuot va boshqa ommaviy axborot vositalaridan, telekommunikatsiya tarmoqlaridan yoki Internet butunjahon tarmog‘idan foydalanganholda uni haqoratlash yoki unga tuhmat qilish) bilan ayblanib, 2,5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

Sudda o‘z aybiga to‘liq iqrorlik bildirgan o‘spirin jazoni manzil koloniyalarda o‘taydi.

Sud hukmida aytilishicha, Kattaqo‘rg‘on tumani “Shurak” mahalla fuqarolar yig‘ini, “Erkinnafas” qishlog‘ida yashovchi bu yigitcha Instagram tarmog‘idagi “oloviddintoshquvvatov” va “Fazliddin-290” akkauntlari orqali Prezident shaxsini o‘ta qo‘pol so‘zlar bilan obro‘sizlantirgan.

I. D. shu yilning 30 avgustida ehtiyot chorasi sifatida tergov organi tomonidan qamoqqa olingan. Sud uning profilini bloklash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi zimmasiga majburiyat yuklagan.

Navoiy hazratlari aytganidek, “…har ne kelsa,tilingdan!”. Tilingizga ehtiyot bo‘ling!

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *